Estoniya Elektron boshqaruv akademiyasi (eGA) a’zolari O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligiga tashrif buyurdilar.
eGA — 2002-yilda Estoniyada butun dunyo bo‘ylab davlat muassasalarining raqamli o‘zgarishiga ko‘maklashish maqsadida tashkil etilgan notijorat tashkilotdir. O‘tgan yillar mobaynida eGA 145 mamlakatda 370 dan ortiq loyihani amalga oshirdi.