Bugun Yagona Integrator UZINFOCOM Texnik direktori Magda Viktor Vladimirovich Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligini raqamlashtirishga muvaffaqiyatli hissa qoʻshgani uchun Esdalik nishoni bilan taqdirlandi.
Ushbu e’tirof UZINFOCOM kompaniyasining texnik bo‘limi butun jamoasining keng qamrovli va muvofiqlashtirilgan mehnati natijasi bo‘ldi.