UZINFOCOM sog‘liqni saqlashni raqamlashtirish bo‘limi mutaxassislari 12 oylik “Sog‘liqni saqlash uchun informatika va ma’lumotlar ilmi” (IDASH) stipendiya dasturini muvaffaqiyatli yakunladilar.
Shu davr mobaynida jamoa o‘z malakasini sezilarli darajada oshirdi, loyiha amalga oshirdi va sog‘liqni saqlash informatika hamda ma’lumotlarni tahlil qilish bo‘yicha muhim ko‘nikmalarni egalladi.