Bugun Toshkentda UZINFOCOM tomonidan tashkil etilgan va blokcheyn texnologiyalariga bag‘ishlangan ilk xakaton – Blockchain Hackathon 2025 boshlandi.
Ikki kun davomida 15 ta jamoa — dasturchilar, tahlilchilar va blokcheyn ishqibozlari — ta’lim, fintex, sog‘liqni saqlash, korrupsiyaga qarshi kurash kabi yo‘nalishlarda markazlashmagan ilovalar (dApp) prototiplarini yaratish ustida ishlaydi.