TOKEN.UZ O‘zbekistonda rasmiy guvohnoma (patent) oldi
UZINFOCOM tomonidan ishlab chiqilgan Token.uz blokcheyn platformasi intellektual mulk sifatida rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazildi. Guvohnoma (patent) O'zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi tomonidan «Elektron hisoblash mashinalari dasturlari va ma’lumotlar bazalarini huquqiy muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunga asosan berildi.