ICTWEEK doirasida o'tkazilayotgan "IT sohasida ayollar: imkoniyatlar va muammolar" konferensiyasi doirasida "ITdagi ayollar uchun karyera ko'nikmalarini rivojlantirish" vorkshopi o'tkazildi.
UZINFOCOM strategik rivojlanish bo'yicha direktori Dildora Tursunova spiker sifatida ishtirok etdi va shaxsiy brendni rivojlantirish, ish beruvchining brendini va martaba o'sishini kuchaytirish uchun qanday samarali vosita bo'lishi mumkinligi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.