Kecha Raqamli texnologiyalar vazirligida tijorat banklari rahbarlari uchun moliyaviy xizmatlarni raqamlashtirish sohasidagi ilg'or yechimlarga bag'ishlangan ma'ruza bo'lib o'tdi.
UZINFOCOM xodimi Rustamxo'ja Alavutdinov MyID tizimining imkoniyatlari, shuningdek, uning bank dasturiy ta'minoti bilan integratsiyalashuvining dolzarb va yangi usullari haqida batafsil ma'lumot berdi. Bu usullar ichki jarayonlarni tezlashtirish va mijozlarga xizmat ko'rsatish sifatini yaxshilash imkonini beradi.