Server uskunalarini yetkazib berish
+998 (71) 202-22-02
Server uskunalarini yetkazib berish
Loyiha buyurtmachisi: “Yagona integrator – UZINFOCOM” MChJ, yuridik manzili: 100011, Toshkent sh., A.Navoiy ko‘chasi, 28B, “O‘z ehtiyojlari uchun server uskunalarini yetkazib berish” loyihasi bo‘yicha eng yaxshi takliflar tanlovini tashkil etishni e’lon qiladi.
Tanlovda yetkazib beruvchilar uchun belgilangan mezonlarga va tanlovga qo‘yilgan texnik talablarga (ilova qilingan) javob beradigan kompaniyalar (keyingi o‘rinlarda – Ishtirokchilar) tanlovda qatnashishi mumkin.
Ishtirok etish uchun arizalarni topshirish muddati boshlangan sana va vaqt: 2024 yil 06 mart
Takliflarni qabul qilishning yakuniy sanasi va vaqti: 2024 yil 15 mart soat 15:00.
Buyurtmachi tanlovdan voz kechish va takliflarni qabul qilish tugash sanasidan oldin istalgan vaqtda tegishli bildirishnoma orqali olingan barcha takliflarni rad etish huquqini o'zida saqlab qoladi.
Barcha takliflar hujjatlar to‘plami bilan elektron shaklda info@uzinfocom.uz korporativ elektron pochta manziliga yoki mas’ul shaxsning telegrammasiga yuborilishi kerak.
Bog'lanish uchun: +998 (71) 202-22-02 (ichki 807)