Latviyaning sobiq prezidenti Raymonds Veyonis boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligiga tashrif buyurdi.
Mehmonlarga Yagona integrator UZINFOCOMning asosiy loyihalari va yutuqlariga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi.

Taqdimotda kompaniyaning raqamli infratuzilmani rivojlantirishda va mamlakatni xalqaro darajaga olib chiqishda faol roli ta’kidlandi.
Raqamli texnologiyalar vaziri bilan uchrashuv davomida ikki davlatning erishgan yutuqlari va IT, sun’iy intellekt va raqamli yechimlar sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Shuningdek, Raymonds Veyonis Latviyaning yetakchi kompaniyalari O‘zbekiston bilan sun’iy intellekt va ovozli texnologiyalar sohasida hamkorlik qilishga tayyor ekanini bildirdi.