UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

IT Community tomonidan tashkil etilgan IT sohasida karyera o‘sishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan

bepul tadbirlar seriyasining keng ko‘lamli Roadshow loyihasining tantanali ochilishi bo‘lib o‘tdi.

28.10.2024

IT Community tomonidan tashkil etilgan IT sohasida karyera o‘sishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan

Ushbu tashabbus doirasida O‘zbekiston va xorijdagi yetakchi ekspertlar mamlakatning 19 shahriga tashrif buyurib, yosh mutaxassislar uchun ma’ruzalar va master-klasslar o‘tkazadi, o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashadi va yangi yutuqlarga ilhom beradi.

 

UZINFOCOMning strategik direktori Dildora Tursunova tadbir hamkori sifatida so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni qutlab, Roadshow boshlang‘ich mutaxassislar uchun katta imkoniyatlar ochib, ularga IT olamiga ishonch bilan qadam tanlash va milliy texnologik salohiyatni rivojlantirishga yordam berishini ta’kidladi.

 

Roadshow ishtirokchilari IT sohasida muvaffaqiyatli karyerani qanday boshlash, frilansni o‘zlashtirish, professional profilni rivojlantirish uchun LinkedIn’dan foydalanish, sun'iy intellekt vositalarini karyera o‘sishi uchun qo‘llash va o‘z startaplarini ishga tushirish haqida bilib olishadi.