UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

UZINFOCOM Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

bilan hamkorlikda Cancer-register dasturini ishlab chiqdi.

08.11.2024

UZINFOCOM Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

 

Ushbu dasturiy ta'minot barcha xalqaro standartlar va Xalqaro saraton tadqiqotlari agentligi (IARC) mutaxassislarining tavsiyalariga muvofiq bo'lib, hozirda O‘zbekiston hududida ishga tushirishga tayyorlanmoqda.

2024-yilning 4-8 noyabr kunlari UZINFOCOM ofisida markaz mutaxassislari bilan birgalikda onkologik reestr bilan ishlaydigan hududiy markazlar va filiallarning barcha mas'ul xodimlari uchun o‘quv seminarlar tashkil etildi.

Cancer-registerni joriy etish saratonning xavfli o‘sma kasalliklari bo‘yicha epidemiologik ma’lumotlarning samaradorligini, uning tarqalishini diagnostika va davolashni baholash va onkologik xizmatlarni rivojlantirish bo‘yicha strategik qarorlar qabul qilish imkonini beradi.