UZINFOCOM HET Billing loyihasida ishtirok etgani uchun Gulchehra Ablakimovaga minnatdorchilik bildiradi
"Yagona Integrator UZINFOCOM" loyihalarni rivojlantirish, PR va xalqaro hamkorlik bo‘limi rahbari Nasirov Davlatbek "Hududiy Elektr Tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati qo‘ng‘iroq markazi IVR (ovozli menyu) tizimini qoraqalpoq tilida muvaffaqiyatli ovozlashtirgani uchun Gulchehra Ablakimovaga minnatdorchilik xatini topshirdi.
Taqdimot marosimida Nosirov Davlatbek Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi "Hududiy Elektr Tarmoqlari" AJ iste’molchilariga xizmat ko‘rsatish sifatini yuksaltirishda HET Billing loyihasining ahamiyatini alohida ta’kidladi. U Gulchehra Ablakimovaning yuksak mahorati va sifatli ishi haqida mamnuniyat bilan fikr bildirdi.
Gulchehra Ablakimova UZINFOCOM rahbariyatiga bildirgan ishonchi va ushbu muhim loyihada qatnashish imkoniyati uchun minnatdorchilik izhor etdi. U qoraqalpoq tilida so‘zlashuvchi iste’molchilar uchun iloji boricha to‘liq ma’lumot beruvchi va qulay ovozli yo‘riqnoma yaratishga intilganini aytib o‘tdi.