Xayrli kech! Sizni uzoq kutilgan Ucast’ning 13-sonida qarshi olamiz.
Bu sonning mehmoni — Oleg Pekos, O’zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o’rinbosari!
Oleg — IT sohasida katta tajribaga ega yuqori malakali menejer, sun’iy intellekt, «O’zbekkosmos» va boshqa muhim yo’nalishlarning rivojlanishiga mas’ul.
Podkastda biz sun’iy intellekt O’zbekistonni qanday o’zgartirayotgani, raqamlashtirishning tibbiyotga qanday yordam berishi, 2030-yilgacha IT xizmatlari eksportini $5 milliardgacha oshirish rejalari, shuningdek, mamlakatimiz elektron hukumat reytingida qachon 30 talik davlatlar qatoriga kirishi kabi mavzularni muhokama qildik.
Zavqli tomosha tilaymiz!