O‘zbekiston global kriptoaktivlar xaritasida o‘z o‘rnini ishonch bilan mustahkamlashda davom etmoqda.
RISE Research tadqiqotiga ko‘ra, mamlakatimiz kriptoaktivlarni qabul qilish bo‘yicha Markaziy Osiyo va Kavkazda birinchi o‘rinni hamda jahonda 33-o‘rinni egallagan.

Bu muvaffaqiyat ko‘p jihatdan rivojlangan qonunchilik bazasi, innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash va Yagona integratori UZINFOCOM kabi kompaniyalarning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, ular raqamli iqtisodiyot sohasida ilg‘or yechimlarni joriy etmoqda.
Erishilgan yutuqlar orasida .UZ domenidagi nomlar uchun foydalanuvchilar shaffofligini va himoyasini kafolatlayotgan 1009 tadan ortiq NFT-sertifikatlarining chiqarilishi, shuningdek, 2023-2024-yillar davomida 1,5 milliondan ziyod tasdiqlangan bloklar va 600 mingga yaqin tranzaksiyalarni ta’minlagan Token.uz blokchein platformasi mavjud. Ushbu loyihalar nafaqat kriptoekotizimning rivojlanishini rag‘batlantiradi, balki biznes va davlat tuzilmalari uchun qulay muhitni shakllantirishga ham xizmat qiladi.