12-dekabr kuni UZINFOCOM xodimlari
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti vakillari bilan uchrashuvni amalga oshirdi.
Uchrashuv davomida hozirgi kunning zamonaviy kasblaridan biri bo'lgan "Sun'iy intellekt" va "Data science" kabi yo'nalishlarda universitet bilan hamkorlik qilish, mazkur yo'nalishlarda talabalarni stajirovkaga saralab olish, kompaniyada bajarilayotgan loyihalarga talabalarni jalb qilish kabi masalalar muhokama qilindi.
Uchrashuv so'ngida UZINFOCOM bilan birgalikda dual ta'limni yo'lga qo'yish, universitetning "Sun'iy intellekt" kafedrasi filialini ochishga kelishib olindi.