UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

Ozarbayjon Sog‘liqni saqlash vazirligi va Ta’lim vazirligi delegatsiyasi

rasmiy tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasining bir qator tegishli idora va muassasalariga, shuningdek, IT Park majmuasiga tashrif buyurdi.

17.12.2024

Ozarbayjon Sog‘liqni saqlash vazirligi va Ta’lim vazirligi delegatsiyasi

Tashrif davomida mehmonlar UZINFOCOM faoliyati va amalga oshirilayotgan yo‘nalishlar bilan tanishdilar, zamonaviy texnologik yechimlarni joriy etish tajribasini o‘rgandilar. Sog‘liqni saqlash tizimida xizmatlarni raqamlashtirish va elektron xizmatlardan foydalanish sohasidagi ilg‘or tajribalarga alohida e’tibor qaratildi.

Mehmonlar kompaniyamiz tomonidan amalga oshirilayotgan innovatsion loyihalarni yuqori baholadilar va qo‘shma AT tashabbuslarini yaratishda hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.