UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

UZINFOCOM Intersec 2025 xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etib,

Dubay metrosida kaft orqali kontaktsiz yo‘l haqi to‘lash imkonini beruvchi innovatsion MyID Palm yechimini taqdim etdi.

23.01.2025

UZINFOCOM Intersec 2025 xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etib,

Ushbu texnologiya namoyishi AQShning ilg‘or biometrik yechimlar yetkazib beruvchi yetakchi kompaniyasi – Armatura hamda biometrik verifikatsiya usullari bo‘yicha jahon yetakchisi bo‘lgan Xitoyning ZKTeco kompaniyalari – hamkorlarimiz stendida bo‘lib o‘tmoqda.

MyID Palm yo‘lovchilarga to‘lov jarayonida qulaylik va xavfsizlikni ta’minlash bilan birga, xizmat ko‘rsatish tezligini ham oshiradi. Bu esa kelajakda shahar transporti infratuzilmasini takomillashtirish va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilash imkonini beradi.

UZINFOCOMning Intersec 2025 ko‘rgazmasida ishtiroki xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlash va raqamli yechimlar sohasida ilg‘or texnologiyalarni yanada kengroq joriy etishga xizmat qiladi.