UZINFOCOM mutaxassislari Koreya xalqaro sog‘liqni saqlash fondi (KOFIH) delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdilar.
Muhokamaning asosiy mavzusi "O‘zbekistonda bachadon bo‘yni saratonini skrining qilish milliy dasturini qo‘llab-quvvatlash" loyihasining joriy natijalari va istiqbollari bo‘ldi.
Skrining ma’lumotlarini yig‘ish va qayta ishlashni ta’minlovchi axborot tizimlarini samarali integratsiya qilish, shuningdek, kasalliklarni o‘z vaqtida aniqlashga yordam beradigan milliy ma’lumotlar bazasini yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
KOFIH vakillari amalga oshirilgan ishlar natijalarini yuqori baholadilar va o‘z ishlanmalari va texnologik yechimlarini, shu jumladan, eng yaxshi amaliyotlar va zamonaviy skrining metodologiyasini almashish orqali ushbu tashabbusni rivojlantirishda faol ishtirok etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.