UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

Yaponiya tashqi savdo rivojlantirish tashkiloti (JETRO) vakillari IT-Park majmuasi va UZINFOCOM ofisiga tashrif buyurib, hamkorlikning mumkin bo’lgan yo‘llarini muhokama qildilar.

JETRO — bu Yaponiya va boshqa davlatlar o‘rtasidagi savdo va investitsiya aloqalarini rivojlantirish bilan shug‘ullanuvchi davlat agentligi.

11.02.2025

Yaponiya tashqi savdo rivojlantirish tashkiloti (JETRO) vakillari IT-Park majmuasi va UZINFOCOM ofisiga tashrif buyurib, hamkorlikning mumkin bo’lgan yo‘llarini muhokama qildilar.

Tashkilot investitsiyalarni jalb qilish, yapon mahsulotlari eksportini rivojlantirish, innovatsion texnologiyalarni targ‘ib qilish hamda tadqiqotlar olib borish va tahliliy xizmatlarni taqdim etish yo‘nalishlarida faoliyat yuritadi.

Tashrif davomida mehmonlar UZINFOCOM infratuzilmasi, asosiy loyihalari va yutuqlari bilan tanishib, kompaniyamiz tomonidan amalga oshirilayotgan innovatsion mahsulotlarni yuqori baholadilar. Delegatsiya ishtirokchilari MyID Palm qurilmasini sinovdan o‘tkazib, uning qulayligi va keng joriy etish imkoniyatlarini qayd etdilar.