UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

Bugun buyuk sarkarda, davlat arbobi va iste'dodli shoir Zahiriddin Muhammad Boburning (1483-1530) tavallud kuni nishonlanmoqda.

Bobur Andijonda tug'ilgan bo'lib, Amir Temur va Chingizxonning to'g'ridan-to'g'ri avlodi edi.

14.02.2025

Bugun buyuk sarkarda, davlat arbobi va iste'dodli shoir Zahiriddin Muhammad Boburning (1483-1530) tavallud kuni nishonlanmoqda.

Yoshligidan yetakchilik qobiliyatini namoyon etgan Bobur turli xalqlar va madaniyatlarni birlashtira olgan, shuningdek, san'at, me'morchilik va adabiyot rivojiga ulkan hissa qo'shgan. U bir necha tillarni mukammal bilgan, turkiy tilda she'rlar yozgan va o'zidan keyin "Boburnoma"ni – o'sha davr voqealari, madaniyati va turmush tarzi tasvirlangan noyob tarixiy-adabiy asarni qoldirgan.

Boburning ijodiy merosi jahon adabiyoti va madaniyatining oltin fondiga kiradi, O'zbekiston xalqining boyligi va milliy g'ururidir.