Raqamli texnologiyalar vazirligi va Osiyo taraqqiyot banki
raqamli iqtisodiyot va infratuzilma rivojlanishini muhokama qildi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Osiyo taraqqiyot bankining (OTB) O‘zbekistondagi Doimiy vakolatxonasi bo‘yicha mamlakatlar operatsiyalari bo‘limi rahbari Mirzo Iskandar G‘ulomov va bozorlarni rivojlantirish hamda davlat-xususiy sheriklik bo‘limi rahbari Kleo Kavavaki bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda mamlakatning raqamli iqtisodiyoti yo‘nalishida hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi. Uchrashuv davlat-xususiy sheriklik loyihalarini kengaytirish hamda raqamli infratuzilmani modernizatsiya qilish masalalariga bag‘ishlandi.
Yosh mutaxassislar uchun yuqori maoshli ish o‘rinlarini yaratish va IT-ta’limni qo‘llab-quvvatlash tashabbuslari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, startaplarni qo‘llab-quvvatlash va O‘zbekiston hududlarida raqamli xizmatlarni kengaytirish bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.
UZINFOCOM o‘z loyihalarini taqdim etib, ushbu yechimlar O‘zbekistonning raqamli transformatsiyasini jadallashtirishda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.