2025-yil 25-fevralda Oliy biznes va tadbirkorlik maktabining “Rahbar ayollar maktabi”
o'quv dasturi doirasida 100 nafar ishtirokchi Raqamli texnologiyalar vazirligiga tashrif buyurishdi.

Ular uchun vazirning birinchi o'rinbosari Oleg Pekos, vazir maslahatchisi Kamola Sobirova va UZINFOCOM strategik rivojlanish bo'yicha direktori Dildora Tursunova ma'ruzalar o'qishdi. Mehmonlarga vazirlik faoliyati, UZINFOCOM kabi idoraviy tashkilotlarning loyihalari, IT Parkdagi islohotlar, shuningdek, IT sohasida ta'lim olish va rivojlanish imkoniyatlari haqida so'zlab berildi.
Ma'ruzalardan so'ng kompaniyamiz ofisiga ekskursiya uyushtirildi, unda ishtirokchilar amaliy faoliyat va ish jarayonlari bilan tanishdilar. Tashrif ayol rahbarlarning malakasini oshirishda muhim bosqich bo'lib, ularning raqamli texnologiyalar sohasiga jalb etilishiga va yetakchilik qobiliyatlarini rivojlantirishga hissa qo'shdi.