UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

"Offshore Outsourcing Conference 2025" doirasida xalqaro va mahalliy IT-korporatsiyalar vakillari hamda soha ekspertlari UZINFOCOM ofisiga tashrif buyurishdi.

Tadbir Raqamli texnologiyalar vazirligi va IT Park Uzbekistan tomonidan xorijiy kompaniyalar e'tiborini O'zbekistondagi autsorsingning o'sib borayotgan salohiyatiga jalb qilish va IT-sohasining asosiy yetakchilari bilan o'zaro hamkorlik qilish maqsadida tashkil etildi.

27.02.2025

"Offshore Outsourcing Conference 2025" doirasida xalqaro va mahalliy IT-korporatsiyalar vakillari hamda soha ekspertlari UZINFOCOM ofisiga tashrif buyurishdi.

Konferensiyada 250 ta kompaniyadan 280 dan ortiq ishtirokchi qatnashdi.

UZINFOCOM shourumida mehmonlarga MyGov, MyID biometrik identifikatsiyalash ekotizimi, Digital Energy, Token.uz blokcheyn-platformasi, HRM.ARGOS.UZ va boshqa yirik loyihalar taqdim etildi.