UZINFOCOM va Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti (TATU)
talabalar malakasini oshirishga qaratilgan dual ta’lim tizimi doirasida hamkorlik memorandumini imzoladi.

Memorandum quyidagilarni nazarda tutadi:
- UZINFOCOM kompaniyasida talabalar uchun amaliyot tashkil etish
- O‘qituvchilarning malakasini oshirish uchun amaliy tajriba berish
- Korxona hududida universitet kafedrasini ochish
- Talabalarga real ish tajribasini berish maqsadida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish
Uchrashuv doirasida TATU delegatsiyasi UZINFOCOM ofisiga tashrif buyurib, kompaniyaning asosiy loyihalari bilan tanishdi va kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildi.
Ushbu memorandum strategik hamkorlikni mustahkamlash hamda O‘zbekiston IT-sohasi uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash jarayonini jadallashtirish imkonini beradi.