UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

Hozirgi kunlarda Barselonada Mobile World Congress (MWC) 2025 – mobil texnologiyalar, raqamli transformatsiya va innovatsiyalar sohasidagi eng yirik xalqaro kongress bo‘lib o‘tmoqda.

O‘zbekiston nomidan Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etmoqda, uning tarkibida UZINFOCOM kompaniyasining strategik rivojlanish bo‘yicha direktori Dildora Tursunova ham bor.

05.03.2025

Hozirgi kunlarda Barselonada Mobile World Congress (MWC) 2025 – mobil texnologiyalar, raqamli transformatsiya va innovatsiyalar sohasidagi eng yirik xalqaro kongress bo‘lib o‘tmoqda.

MWCda Huawei, Dell, Meta, Qualcomm va Samsung kabi yirik kompaniyalar hamda Google, Microsoft va boshqa yetakchi kompaniyalarning yuqori lavozimli vakillari qatnashmoqda. Jami 2 800 dan ortiq eksponent kompaniyalar va 1 200 dan ziyod ma’ruzachilar kelajakka oid texnologiyalarni muhokama qilmoqda.

Tadbir doirasida delegatsiyamiz quyidagi uchrashuv va forumlarda qatnashdi:

 

  • Hukumat rahbarlari va xalqaro tashkilotlar ishtirokidagi Ministerial Programme forumi;
  • Huawei kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan Digital Economy Development Forum hamda ilg‘or texnologik yechimlar ko‘rgazmasi;
  • Xalqaro elektraloqa ittifoqi (ITU) va UNICEF tomonidan tashkil etilgan Giga-2025 forumi.

Uchrashuvlarda delegatsiyamiz soha bo‘yicha dolzarb masalalarni muhokama qildi, o‘z tashabbuslarini taqdim etdi, hamda IT sohasidagi kelgusi hamkorliklar uchun yangi aloqalar o‘rnatdi. Shuningdek, 2025-yil 21-22 may kunlari Toshkentda GSMA M360 Eurasia 2025 mintaqaviy tadbiri o‘tkazilishi e’lon qilindi.