Avval xabar berganimizdek, yurtimiz hududlarida birlamchi tibbiyot muassasalarining IT-infratuzilmasi bosqichma-bosqich modernizatsiya qilinmoqda.
Bugungi kunda Surxondaryo viloyati poliklinikalarida lokal tarmoqlarni o‘rnatish va server uskunalarini joylashtirish ishlari boshlangan.

Yaqin vaqt ichida modernizatsiya viloyatdagi barcha poliklinikalarni qamrab olib, raqamlashtirishga kompleks yondashuvni ta’minlab, qulay va shaffof tibbiy hisob tizimini yaratishga xizmat qiladi.
Bundan tashqari, ushbu hududda DMED yagona tibbiy tizim joriy etilmoqda. UZINFOCOM mutaxassislari mas’ul xodimlar uchun amaliy seminarlar va o‘quv sessiyalarini o‘tkazib, tizim funksiyalarini tez va samarali o‘zlashtirishga yordam bermoqda.