UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

UZINFOCOM Markaziy Osiyo Sun’iy Intellekt Assotsiatsiyasiga qo‘shildi

20-mart kuni Assotsiatsiya raisi Vladimir Norov UZINFOCOMning Sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish bo‘yicha direktori Ruslan Sultanovga rezidentlik sertifikatini topshirdi va jamoani rasmiy a’zo bo‘lgani bilan tabrikladi.

24.03.2025

UZINFOCOM Markaziy Osiyo Sun’iy Intellekt Assotsiatsiyasiga qo‘shildi

Markaziy Osiyo Sun’iy Intellekt Assotsiatsiyasi (AICA) – bu mintaqada sun’iy intellektga asoslangan yechimlarni rivojlantirish va joriy etishga ko‘maklashuvchi professional birlashma. Assotsiatsiya ekspert jamoalarini shakllantiradi, sohaga oid tadbirlar tashkil etadi hamda Markaziy Osiyo davlatlarining texnologik salohiyatini oshirishga qaratilgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlaydi.

Uchrashuv davomida tomonlar hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qilib, innovatsion yechimlarni ishlab chiqish va joriy etish borasidagi tajriba almashishdi. Xususan, UZINFOCOMning sog‘liqni saqlash sohasidagi sun’iy intellekt loyihalari, ularning tibbiy xizmatlarning samaradorligi va qulayligini oshirishga qaratilganligi ta’kidlandi.

Assotsiatsiya vakillari UZINFOCOM tashabbuslarini yuqori baholab, raqamlashtirish sohasida kelgusida hamkorlikka tayyor ekanliklarini bildirishdi.