Startaplar va IT sohasida hamkorlikni kengaytirish masalasi Gruziyaning iqtisodiyot va barqaror rivojlanish vaziri o‘rinbosari bilan muhokama qilindi.
Gruziyaning iqtisodiyot va barqaror rivojlanish vaziri o‘rinbosari Irakliy Nadareishvili boshchiligidagi delegatsiya Raqamli texnologiyalar vazirligiga tashrif buyurib, uchrashuvlar o‘tkazdi.

Tashrif davomida Gruziya va O‘zbekiston o‘rtasida raqamli texnologiyalar, startaplar va IT sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Tashrif dasturi doirasida delegatsiya UZINFOCOM kompaniyasining shourumiga ham tashrif buyurdi. Mehmonlarga O‘zbekistonda raqamli texnologiyalarni rivojlantirishga qaratilgan asosiy loyihalar taqdim etildi. Delegatsiya ishtirokchilari MyID Palm qurilmasini ham sinab ko‘rib, uning qulayligi va turli sohalarga joriy etish imkoniyatlarini baholadilar.