UZINFOCOM jamoasi Open Data Challenge Hackathon musobaqasida 3-o‘rinni egalladi
➡️Avval xabar berganimizdek, shu hafta oxirida IT Parkda Annual Open Data Challenge Hackathon boʻlib oʻtdi.
Yosh mutaxassislar 4 ta yo‘nalish (davlat sektori, ijtimoiy sektor, tadbirkorlik sektori, korrupsiyaga qarshi kurashish) bo‘yicha 50 ta jamoaga bo‘lingan holda ochiq ma’lumotlardan foydalangan holda texnologik yechimlarni ishlab chiqish bo‘yicha bellashdilar.
Musobaqa natijalariga ko‘ra, jamoamiz “Korrupsiyaga qarshi kurash” yo‘nalishida boshqa jamoalar orasida blokcheyn texnologiyasidan foydalangan yagona jamoa bo‘lib, faxrli 3-o‘rinni egalladi. Ular xayriya tashkilotlari uchun yordamni aholiga taqsimlashda shaffoflik va ishonchlilikni ta'minlaydigan prototip yechimini yaratdilar.