UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

Endi Yagona davlat xizmatlari portali my.gov.uz orqali muddatli harbiy xizmatga va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat varaqasini elektron shaklda olish mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida xizmat o‘tash uchun fuqarolarni chaqirish my.gov.uz portali orqali yuboriladigan xabarnomalar, shuningdek MyGov mobil ilovasi orqali amalga oshiriladi.

04.04.2025

Endi Yagona davlat xizmatlari portali my.gov.uz orqali muddatli harbiy xizmatga va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat varaqasini elektron shaklda olish mumkin.

Elektron xabarnoma ko‘rinishidagi chaqiruv varaqasini olish uchun my.gov.uz portalida ro‘yxatdan o‘tish kifoya. Ro‘yxatdan o‘tgach, xizmatga chaqiruv haqida xabarnoma foydalanuvchining shaxsiy kabinetidagi "Xabarnomalar" bo‘limida, shuningdek portalning mobil versiyasida (MyGov mobil ilovasida) paydo bo‘ladi.

E’tibor bering: ushbu tartib Mudofaa vazirligi bilan hamkorlikda sinov tariqasida joriy etilgan bo‘lib, qog‘oz shaklidagi chaqiruv varaqalarini berishni bekor qilmaydi.

MyGov mobil ilovasini quyidagi havolalar orqali yuklab olish mumkin: Google Play, AppStore