Buyuk Britaniya sobiq Bosh vaziri, Global o‘zgarishlar instituti raisi
Toni Bler IT Park Uzbekistan majmuasiga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida dastlab delegatsiyaga Raqamli texnologiyalar vazirligi va IT Park Uzbekistan da amalga oshirilayotgan islohotlar, asosiy yo‘nalishlar hamda kelgusidagi rejalar haqida taqdimot qilindi.
Shuningdek, Toni Bler IT mutaxassislarini tayyorlashga ixtisoslashgan Ustudy IT akademiyasi faoliyati, muhim infratuzilmalarning kiberxavfsizligini ta’minlashga qaratilgan innovatsion loyihalar markazi — UZSOC hamda Yagona integrator UZINFOCOMda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishtirildi.
Sherzod Shermatov va Toni Bler o‘rtasidagi uchrashuv davomida O‘zbekistonning raqamli infratuzilmasini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar xalqaro autsorsing xizmatlarini kengaytirish, IT mutaxassislarini tayyorlash, Coursera bilan hamkorlikda ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, IT Parkda xorijiy kompaniyalar uchun yaratilgan qulay sharoitlar va soliq imtiyozlari, shuningdek, "Zero Risk" loyihasining muvaffaqiyatli natijalari yuzasidan fikr almashdilar.