UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

Shvetsiya Parlamenti vakillaridan iborat delegatsiya Raqamli texnologiyalar vazirligiga tashrifi buyurdi

Uchrashuv davomida mehmonlarga O‘zbekistonda raqamli transformatsiya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, strategiyalar va asosiy yo‘nalishlar haqida ma’lumot berildi.

11.04.2025

Shvetsiya Parlamenti vakillaridan iborat delegatsiya Raqamli texnologiyalar vazirligiga tashrifi buyurdi

Xususan, UZINFOCOM faoliyati, uning innovatsion loyihalari, IT infratuzilmani rivojlantirish, raqamli xizmatlarni joriy etish, kiberxavfsizlik va axborot texnologiyalari sohasidagi tashabbuslar alohida taqdim etildi.

Shvetsiya delegatsiyasi O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, davlat xizmatlarini raqamlashtirish va innovatsiyalar sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirishga tayyor ekanini ta’kidladi.