UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

UZINFOCOM xodimlari Rigada (Latviya) bo‘lib, u yerda mahalliy kompaniyalar vakillari bilan bir qator uchrashuvlar doirasida eksport imkoniyatlarini kengaytirish va hamkorlik aloqalarini mustahkamlash masalalarini muhokama etishmoqda.

Xususan, LIAA (Latviya investitsiyalar va rivojlanish agentligi) vakillari bilan uchrashuvda UZINFOCOM’ning innovatsion loyihalari va yechimlari taqdim etildi, shuningdek, eksport va raqamli xizmatlarni rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

16.04.2025

UZINFOCOM xodimlari Rigada (Latviya) bo‘lib, u yerda mahalliy kompaniyalar vakillari bilan bir qator uchrashuvlar doirasida eksport imkoniyatlarini kengaytirish va hamkorlik aloqalarini mustahkamlash masalalarini muhokama etishmoqda.

Latviya tomoni yutuqlarimizni yuqori baholab, qo‘shma tashabbuslarning strategik ahamiyatini ta’kidladi.

Bundan tashqari, "UZINFOCOM Europe" korxonasi va Estoniyaning DEVTAILOR OÜ kompaniyasi o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasining Latviyadagi Faxriy konsulligi ko‘magida IT-autsorsing loyihalari va xalqaro tenderlarda hamkorlik qilish bo‘yicha strategik bitim imzolandi.

X Infotech – elektron identifikatsiya hujjatlari (eID) va raqamli to‘lovlar uchun dasturiy yechimlarning global yetkazib beruvchisi va integratori bilan yana bir uchrashuv o‘tkazildi. Raqamli identifikatsiya sohasida qo‘shma loyihalar ustida ishlash istiqbollarini ochuvchi memorandum imzolandi.

Tashrif doirasida raqamli identifikatsiya va biometriya sohasidagi ilg‘or texnologiyalarga bag‘ishlangan SECURE ID FORUM  tadbirida ham ma’ruza qilish rejalashtirilgan.