Raqamli texnologiyalar vazirligida Turkiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Ufuq Ulutash bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mehmonlarga yurtimizda IT sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, kelgusidagi rejalar, xorijiy kompaniyalar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar haqida batafsil taqdimot namoyish etildi.

Uchrashuvda ta’lim, kiberxavfsizlik va sun’iy intellekt sohalaridagi hamkorlik muhokama qilindi.
Janob Ulutash, shuningdek, Yagona integrator UZINFOCOM faoliyati, uning innovatsion loyihalari, IT infratuzilmasini rivojlantirish, raqamli xizmatlarni joriy etish, kiberxavfsizlik va axborot texnologiyalari sohasidagi tashabbuslar bilan tanishdi.