Blockchain Hackathon 2025 yakunlari
28-aprel kuni Toshkentda Blockchain Hackathon 2025 yakunlari e'lon qilindi — .UZ milliy domenining 30-yilligiga bag'ishlangan, mamlakatimizdagi eng yirik blockchain texnologiyalari sohasidagi musobaqa.

Tashkilotchi Yagona Integrator UZINFOCOM, ILMA koʻmagida boʻldi.
10 soat davomida ishtirokchilar O'zbekistonning turli hududlaridan ta'lim, sog'liqni saqlash, fintech, ekologiya va korrupsiyaga qarshi yechimlar sohalarida markazlashtirilmagan ilovalar prototiplarini yaratdilar.
Hakamlar hay’ati loyihalarni texnik jihatidan, innovatsionligi, ijtimoiyahamiyati va biznes-potensiali bo'yicha baholadilar.
G'oliblar quyidagilar bo'ldi:
- 1-o‘rin — “RAKUN AI”
Mukofot: 50 000 000 so‘m
- 2-o‘rin — “SYLNVIN”
Mukofot: 30 000 000 so‘m
- 3-o‘rin — “SNRG Namangan”
Mukofot: 20 000 000 so‘m.
Hackathon nafaqat musobaqa, balki yangi startaplar va texnologiktashabbuslarning boshlanish maydoniga aylandi