UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

UZINFOCOM jamoasi 2025-yilning 21-23-may kunlari Berlin shahrida o‘tkazilayotgan xalqaro GITEX EUROPE IT ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda.

Ishtirokchilar orasida 100 dan ortiq mamlakatdan 1200 dan ziyod kompaniya va startaplar mavjud.

22.05.2025

UZINFOCOM jamoasi 2025-yilning 21-23-may kunlari Berlin shahrida o‘tkazilayotgan xalqaro GITEX EUROPE IT ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda.

Raqamli rivojlanishning sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik, bulutli texnologiyalar, davlat sektorida raqamli transformatsiya va sanoat 4.0 kabi asosiy yo’nalishlari muhokama qilinmoqda.

 🇺🇿O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan loyihalar IT Park Uzbekistan rezidentlarining yagona stendi bilan namoyish etilmoqda.

UZINFOCOM asosiy davlat IT loyihalarini taqdim etmoqda, jumladan: MyID, Muxlisa AI, davlat xizmatlarini raqamlashtirish loyihalari, raqamli sog‘liqni saqlash va kiberxavfsizlik sohasidagi yechimlar.

GITEX EUROPE’dagi ishtirok — Yevropa bozorida o‘zbek raqamli ishlanmalarini ilgari surish, hamkorliklarni mustahkamlash va AKT sohasiga yangi xalqaro investitsiyalarni jalb qilish yo‘lida muhim qadamdir.