UZINFOCOM rahbariyatining Latviyaning O‘zbekistondagi elchisi bilan ishchi uchrashuvi
Yig‘ilishning asosiy kun tartibi qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, madaniy va texnologik tadbirlarni tashkil etish istiqbollari bilan tajriba va bilim almashish masalalarini muhokama qilish bo‘ldi.

Muhokamaning muhim jihati Latviya kompaniyalari va tashkilotlari bilan hamkorlik qilish orqali IT-mahsulotlarimiz hamda sunʼiy intellekt va biometrikaga oid ilgʻor yechimlarimizni Yevropa bozoriga olib chiqish imkoniyati boʻldi.
Har ikki tomon ham muhokama qilingan tashabbuslarni amalga oshirish ustida ishlashga tayyor ekanliklarini bildirib, innovatsiyalar va texnologik taraqqiyotni rag‘batlantirish uchun strategik sheriklik muhimligini ta’kidladilar.