Bugun UZINFOCOMda SAASPASS kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mehmonlar safida SAASPASS ijrochi vitse-prezidenti Omer Karatash, “Cocwonder Digital Engineering Technologies” kompaniyasi menejeri Fadhil Yusni bor edi.

Uchrashuv davomida UZINFOCOM eksport bo‘limi vakillari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari ham muhokama qilindi.

SAASPASS – bu parolsiz arxitektura va Zero Trust modeliga asoslangan, identifikatsiya hamda kirishni boshqarish bo‘yicha kompleks platformadir. Kompaniya VMware, Google va Palo Alto Networks singari IT-sanoatining yirik vakillari bilan faol hamkorlik qilib keladi. SAASPASS yechimlari davlat muassasalari, banklar va aviakompaniyalarda keng qo‘llaniladi.
Shuningdek, mehmonlar UZINFOCOM ko‘rgazmalar zalida bo‘lishdi. U yerda ularga my.gov.uz yagona davlat xizmatlari portali, sog‘liqni saqlash sohasidagi raqamli yechimlar, MyID ekotizimi va boshqa davlat axborot tizimlari loyihalari taqdim etildi.
