UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

Shvetsiya delegatsiyasi IT Park Uzbekistan majmuasiga tashrif buyurdi.

Tashrifning asosiy qismida Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Shvetsiya Savdo siyosati departamenti bosh direktori Kamilla Mellander bilan uchrashdi.

30.05.2025

Shvetsiya delegatsiyasi IT Park Uzbekistan majmuasiga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida Raqamli texnologiyalar vazirligi va UZINFOCOM Yagona integratori bo‘ylab taqdimot va ekskursiya uyushtirildi. Bunda delegatsiya a’zolari O‘zbekistondagi AKT sohasidagi infratuzilma va so‘nggi innovatsiyalar bilan tanishdilar.

 

Raqamlashtirish sohasidagi yutuqlar va mamlakatni xalqaro IT-markazga aylantirish yo‘lidagi sa’y-harakatlar namoyish etildi. Mehmonlarning alohida e’tiborini sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish bo‘yicha yechimlar va elektron hukumat loyihalari, shuningdek, UZINFOCOM tomonidan ishlab chiqilgan MyID Vision va MyID Palm innovatsion mahsulotlari o‘ziga tortdi.