UZINFOCOM’ning MSITF-2025 festivalidagi ishtiroki natijalari.
O‘tkazilgan MSITF-2025 festivalida UZINFOCOM kompaniyasi "Eng yaxshi innovatsion mahsulot" sertifikatiga sazovor bo‘ldi.

Bu yutuq raqamli yechimlar sohasida ilg‘or texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etishga qaratilgan jamoa ishining keng qamrovli natijasi hisoblanadi.
Ammo biz erishilgan yutuqlar bilan cheklanib qolmoqchi emasmiz va hamkorlarimizning eng dadil umidlarini oqlashni maqsad qilganmiz. UZINFOCOM jarayonlarni takomillashtirish va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishga yo‘naltirilgan yangi texnologiyalarni joriy etish ustida faol ish olib bormoqda.