UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

Toshkentda Xalqaro PLUS-forum bo‘lib o‘tdi, unda UZINFOCOM kompaniyasining strategik rivojlanish bo‘yicha direktori Tursunova Dildora spiker sifatida ishtirok etdi.

"Women In Tech. Texnologiya biznesning poydevori sifatida. Sanoat o‘zgarishida ayollarning o‘rni" mavzusida panel muhokama o‘tkazildi. Unda shaxsiy karyera tajribasi va kompaniyadagi gender muvozanatining biznes rivojlanishi hamda samaradorligiga qanday ta’sir ko‘rsatishi muhokama qilindi.

02.06.2025

Toshkentda Xalqaro PLUS-forum bo‘lib o‘tdi, unda UZINFOCOM kompaniyasining strategik rivojlanish bo‘yicha direktori Tursunova Dildora spiker sifatida ishtirok etdi.

Muhokama ishtirokchilari inklyuziv strategiyalarni muvaffaqiyatli joriy etish bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. Ular fikrlar va yondashuvlar xilma-xilligi texnologiya sohasida innovatsiyalar va barqaror o‘sishning kaliti ekanligini ta’kidlab o‘tdilar.