UZINFOCOM kompaniyasi xodimlari Sharqiy Osiyo mintaqasida eksport imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida Xitoyga tashrif buyurdilar.
Ushbu tashrif davomida yuqori texnologiyalar va sun’iy intellekt sohasida faoliyat yuritayotgan yirik Xitoy kompaniyalari vakillari bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazildi.

Tashrifning eng muhim jihatlari orasida Chujou shahrida joylashgan Saint Deem kompaniyasining ishlab chiqarish quvvatlari bilan tanishish bo‘ldi. Mazkur kompaniya Xitoyda kaft tomirlarini aniqlash texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha yetakchi o‘rinni egallaydi. UZINFOCOM delegatsiyasi a’zolari turli sohalarda xavfsizlik darajasini oshirish va foydalanuvchilarni identifikatsiya qilishda qo‘l kelishi mumkin bo‘lgan innovatsion yechimlar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.