Bugun UZINFOCOMga "MBK Holding" kompaniyasining ijrochi direktori Avinash Deshpande boshchiligidagi Qatar delegatsiyasi tashrif buyurdi.
Uchrashuv davomida mehmanlarga asosiy loyihalar, shuningdek, O‘zbekistonning IT sohasini rivojlantirish bo‘yicha rejalar taqdim etildi.

Delegatsiya a’zolari kompaniyamiz faoliyati va amalga oshirilayotgan yo‘nalishlar bilan qiziqib tanishdilar, zamonaviy texnologik yechimlarni joriy etish tajribasini o‘rgandilar.

Tashrif doirasida delegatsiya UZINFOCOM ko‘rgazma zali bilan ham tanishib chiqib, kompaniyaning mamlakatda raqamli texnologiyalarni rivojlantirishga qaratilgan asosiy loyihalari bilan tanishdi.
