Global Neighbours kompaniyasi asoschisi Yovanka Porsche Avstriyadan kelgan delegatsiya bilan birga Yagona Integrator UZINFOCOM ofisiga tashrif buyurdi.
Yovanka Porsche siyosiy va iqtisodiy masalalar bo‘yicha, ayniqsa Osiyo va Sharqiy Yevropaga qaratilgan yetakchi konsalting markazlaridan birining hammuassisi hisoblanadi.

Tashrif davomida mehmonlarga mamlakatda IT-infratuzilmani rivojlantirishga qaratilgan muhim loyihalar, jumladan, elektron hukumat tizimi va aholiga hamda biznesga mo‘ljallangan innovatsion xizmatlar taqdim etildi.

Delegatsiya a’zolari MyID Palm qurilmasini sinab ko‘rib, uning qulayligi va kengroq foydalanish uchun katta salohiyatga ega ekanini ta’kidladilar.
