UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

Adolat" Sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasi hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining

Innovatsion rivojlanish va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi hamkorligida "Aqlli tibbiyot - samaradorlikning yangi bosqichi" mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

20.06.2025

Adolat" Sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasi hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining

Seminarda Innovatsion rivojlanish va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi raisi I.Abdullayev, "Adolat" SDP fraksiyasi vakillari T.Palvanov va M.Valiyev, Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari O.Omonov, shuningdek, UZINFOCOM sog‘liqni saqlashni raqamlashtirish bo‘yicha direktori R.Sultanov ma’ruzalar bilan chiqdilar.

 

Sog‘liqni saqlash sohasida "aqlli tibbiyot"ni joriy etishning ustuvor vazifalari va bu jarayonlarda parlamentning o‘rni muhokama qilindi. Ishtirokchilar ushbu yo‘nalishda amalga oshirilgan ishlar va o‘zgarishlarning joriy statistikasini yoritib berdilar.

Xususan, sog‘liqni saqlashning yagona raqamli platformasini yaratish, tibbiy axborot tizimlarini integratsiyalash va fuqarolar uchun elektron xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish muhimligi ta’kidlandi. Birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimini raqamlashtirish, elektron retseptlar tizimini joriy etish va DMED tizimida tibbiy ma’lumotlarni avtomatlashtirilgan tarzda qayta ishlashga alohida e’tibor qaratildi.