Samarqandda UNPSF-25 xalqaro forumi ilk bor o‘tkazildi
Bugun Markaziy Osiyoda ilk bor BMTning Davlat xizmati bo‘yicha UNPSF-25 xalqaro forumi o‘z ishini boshladi.

Samarqand 60 dan ortiq davlatdan kelgan mehmonlarni — hukumat vakillari, xalqaro tashkilotlar va ekspertlarni samimiy kutib oldi.

Forum raqamli davrda davlat tashkilotlari duch kelayotgan asosiy muammolar va turli mamlakatlarda muvaffaqiyatli tatbiq etilayotgan innovatsion yechimlar muhokamasi bilan boshlandi. Ayniqsa, davlat xizmatlarining Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishdagi o‘rni hamda fuqarolar uchun sifatli raqamli xizmatlarga ochiq va teng kirishni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘zbekiston bunday miqyosdagi xalqaro tadbirga ilk bor mezbonlik qildi — bu ochiqlik, hamkorlik va boshqaruvda innovatsiyalar sari muhim qadam bo‘ldi.
Biz voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz va forumdan asosiy yangiliklar bilan o‘rtoqlashamiz!
