Donorlarga tashakkur!
Donorlik — bu kimningdir hayotini qutqarish uchun noyob imkoniyatdir.

UZINFOCOM xodimlarining sa’y-harakatlari tufayli bugun 13 litrga yaqin qon va uning tarkibiy qismlari to‘plandi.
O‘zbekistonda har kuni yuzlab bemorlar - jumladan, bolalar, homilador ayollar va onkologik kasalliklarga chalingan bemorlar donor qoniga muhtoj. Ammo hozircha donorlik faoliyati darajasi butun sog‘liqni saqlash tizimining ehtiyojlarini barqaror ta’minlash uchun yetarli darajada emas.
Kim donor bo‘la olishi, donorlikka qanday tayyorgarlik ko‘rish va O‘zbekistonda qayerda qon topshirish mumkinligi haqida batafsil ma’lumotni quyidagi havola orqali bilib olishingiz mumkin.