UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

UZINFOCOM hamkorlar bilan aloqa bo‘limi boshlig‘i Rustamxo‘ja Alavutdinov 26-iyun kuni Toshkentdagi

U-ENTER innovatsion markazida o‘tkazilgan "Key Tech: Banklar va fintexda sun’iy intellekt" xalqaro anjumanining panel muhokamalarida ishtirok etdi.

27.06.2025

UZINFOCOM hamkorlar bilan aloqa bo‘limi boshlig‘i Rustamxo‘ja Alavutdinov 26-iyun kuni Toshkentdagi

Tadbirda yetakchi mutaxassislar, bank sohasi vakillari, fintex kompaniyalari va sun’iy intellekt yechimlarini ishlab chiquvchilar moliya sohasini o‘zgartirishda sun’iy intellektning ahamiyatini muhokama qilish uchun to‘planishdi.

Munozara davomida Rustamxo‘ja Alavutdinov sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanib, moliyaviy firibgarlikka qarshi kurashishning zamonaviy usullariga to‘xtalib o‘tdi.

Anjuman O‘zbekiston moliya sektorini raqamlashtirish bo‘yicha milliy maqsadlarga muvofiq modernizatsiya qilishga qaratilgan ilg‘or tajribalar almashish va strategik hamkorliklar o‘rnatish uchun muhim maydon bo‘ldi.