UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

Ummon Sultonligining Mehnat vazirligi rahbarligidagi delegatsiya Raqamli texnologiyalar vazirligiga tashrif buyurdi.

Mehmonlarga O‘zbekiston IT sohasidagi islohotlar, asosiy loyihalar va rivojlanish rejalari haqida ma’lumot berildi.

28.06.2025

Ummon Sultonligining Mehnat vazirligi rahbarligidagi delegatsiya Raqamli texnologiyalar vazirligiga tashrif buyurdi.

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov bilan uchrashuv davomida raqamli infratuzilmani rivojlantirish va innovatsiyalar uchun qulay ekotizim yaratish bo‘yicha qadamlar muhokama qilindi.

 

Tashrif dasturi doirasida delegatsiya UZINFOCOM shourumiga ham tashrif buyurdi. Mehmonlarga kompaniyaning O‘zbekistonda raqamli texnologiyalarni rivojlantirishga qaratilgan asosiy loyihalari taqdim etildi.