UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

Yugur.uz nima?

Bu shunchaki sayt emas. Bu harakatni, salomatlikni va ishtirokni tanlagan barcha insonlarni birlashtiruvchi platformadir.

07.07.2025

Yugur.uz nima?

Yugur.uz - marafonlar va yugurish tadbirlarini tashkil etish uchun raqamli makon. Bu yerda sport musobaqalariga ro‘yxatdan o‘tish, natijalarni real vaqt rejimida kuzatish va eng muhimi, o‘zingizni katta sport hamjamiyatining bir qismi sifatida his qilish imkoniyati mavjud.

Platforma yordamida allaqachon "Saver Aral", "Yangi Nafas", "Tashkent Marathon", "Men g‘olibman" va boshqa respublika hamda xalqaro marafonlar o‘tkazilmoqda. Hamma narsa oddiy va shaffof - onlayn ro‘yxatdan o‘tishdan to yakuniy bayonnomaga qadar.

 

 Loyiha ortida turgan maqsadlar:

  • sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish,
  • yoshlar va talabalarni faol dam olishga jalb etish,
  • ommaviy sportni rivojlantirish,
  • sport iste’dodlarini aniqlash uchun sharoitlar yaratish,
  • xalqaro ishtirokchilarni jalb qilish.

Yugur.uz sportni qulay, zamonaviy va ommabop qiladi. Yangilanishlarni kuzatib boring - startda ko‘rishguncha!